Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Arsenal” “Everton”ni yutib, APL peshqadamiga aylandi
Angliya Premer-ligasining 10-turida Londonda “Arsenal” “Everton” ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvdagi barcha to‘plar 1-bo‘limdayoq amalga oshirildi: 36-daqiqada Olive Jiru mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ikki daqiqadan so‘ng himoyachi Loran Koselni hisobdagi farqni 2 to‘pga yetkazdi. Tanaffusga chiqishga sanoqli daqiqalar qolganda Ross Barkli bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Irischilar” o‘yinni o‘n kishi bo‘lib yakunlashga majbur bo‘ldilar: 2-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Garet Barri ikkinchi sariq qartochkasi uchun maydondan chetlatildi.
London jamoasi ushbu g‘alabasi evaziga 22 ochko to‘plab, chempionatdagi peshqadamlikni qo‘lga oldi. Liverpulliklar esa 13 ochko bilan 10-o‘rinni egallashmoqda.
Angliya Premer-ligasi. 10- tur
Arsenal – Everton – 2:1
Gollar: Jiru, 36 (1:0); Koselni, 38 (2:0); Barkli, 44 (2:1).
Chetlatish: Barri, 90+4 (Everton).
Turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd qilindi.
Vest Xem Yunayted – Chelsi – 2:1
Gollar: Sarate, 17 (1:0); Kexill, 56 (1:1); Kerroll, 79 (2:1).
Chetlatish: Matich, 44 (Chelsi).
Lester Siti – Kristal Pelas – 1:0
Gol: Vardi, 59 (1:0).
Stok Siti – Uotford – 0:2
Gollar: Dini, 43 (0:1); Abdi, 69 (0:2).
Aston Villa – Suonsi Siti – 1:2
Gollar: Ayyu, 62 (1:0); Sigurdsson, 68 (1:1); Ayyu, 87 (1:2).
Norvich Siti – Vest Bromvich Albion – 0:1
Gollar: Rondon, 46 (0:1).