Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL 10-turidan o‘rin olgan "Manchester derbisi"da hisob ochilmadi
Bugun, 25 oktabr kuni APLning 10-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Turning markaziy bahsi "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" klublari o‘rtasida o‘tkazildi.
Bu uchrashuvda hisob ochilmay qoldi va jamoalar bittadan ochkoga ega bo‘lishdi.
Endilikda "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari turnir jadvalida 22 ochkodan to‘plagan holda qo‘shpeshqadamlik o‘rnatishgan.
Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarda "Vest Xem" va "MYu" 20tadan ochko jamg‘argan holda joylashishgan.
Angliya chempionati, 10-tur
Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:0
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Djons, Roxo, Mata (Lingard, 67), Valensiya (Darmian, 81), Shvaynshtayger (Fellayni, 75), Shnayderlin, Errera, Marsyal, Runi.
Manchester Siti – Xart, Kompani, Kolarov, Sanya, Otamendi, Fernando, Fernandino, Ture (Demichelis, 77), de Bryuyne, Sterling (Navas, 55), Boni (Ixeanacho, 83).
Ogohlantirishlar: Fernandino (15), Mata (39), Kompani (45), Shnayderlin (89).