Sport | 21:50 / 25.10.2015
2536
2 daqiqa o‘qiladi

APLning 10-turi: Sem Ellardays "Sanderlend" ahvolini o‘nglay boshladi

Bugun, 25 oktabr kuni APLning 10-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

"Sanderlend" "Nyukasl"ni qabul qildi. Sem Ellardaysning jamoadagi ilk g‘alabasi bir qadar yirikroq ko‘rinish oldi. O‘tgan turda "Norvich"ni 6:2 hisobida yenggan Stiv Maklaren shogirdlari bu safar 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
"Sanderlend" bu g‘alaba evaziga 20-o‘rindan 18 o‘ringa chiqib oldi.

Sanderlend – Nyukasl 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Djonson, 2:0 – 65 Djons, 3:0 – 86 Fletcher.
Sanderlend – Pantilimon, O′Shi (Koates, 37), Djons, Yyedlin, Kabul, Lens (Larsson, 82), Mvila, Kettermoul, Djonson, Toyvonen (Defo, 36), Fletcher.
Nyukasl – Elliot, Mbemba, Dammett (Toven, 78), Yanmat, Kolochchini, Sissoko, Tiote (Lassels, 46), Kolbek (Anita, 49), Veynaldum, Peres, Mitrovich.
Ogohlantirish: Tiote (14), Kolbek (45).
Chetlatish: Kolochchini (45).

"Tottenxem" esa mavsumdagi ilk yirik g‘alabasini qayd etdi. "Bornmut" maydoniga safar qilgan "shporlar" 5:1 hisobida g‘alaba qilishdi va 17taga yetkazib, 6 o‘ringa ko‘tarilishdi.

Bornmut – Tottenxem 1:5 (1:3, 0:2)
Gollar: 1:0 – 1 Ritchi, 1:1 – 9, penalti Keyn, 1:2 – 17 Dembele, 1:3 – 29 Lamela, 1:4 – 56 Keyn, 1:5 – 63 Keyn.
Bornmut – Boruts, Kuk, Deniels, Frensis, Disten, Gosling, Serman, Pyu (Smit, 75), Ritchi, King (O`Keyn, 61), Myurrey (Kermorgan, 68).
Tottenxem – Loris, Vertongen, Alderveyreld, Rouz, Dayyer, Alli, Dembele (Meyson, 68), Eriksen, Lamela, Uoker (Tripper, 82), Keyn (N`Ji, 85).
Ogohlantirish: Rouz (31).

"Sautgempton" va "Liverpul" o‘rtasidagi turning oxirgi uchrashuvi esa ayni vaqtda davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish