Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Suriyadagi prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyor
Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat aholisining qo‘llab-quvvatlashi evaziga prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Yushenko ma'lum qilgan.
U Rossiya delegatsiyasi tarkibida Damashqda Asad bilan uchrashuvda qatnashib qaytganidan keyin shu haqda intervyu bergan.
Rossiya delegatsiyasi Dmitriy Sablin boshchiligida Damashqqa insonparvarlik missiyasini amalga oshirib qaytdi. Bu delegatsiya mahalliy deputatlar bilan Suriyadagi tinchlikka erishish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgan.
Bundan oldinroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Suriyada prezidentlik va parlament uchun saylovlar o‘tkazilishi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.