Jahon | 10:42 / 25.10.2015
2875
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: AQSh Falastinga ajratiladigan moliyaviy ko‘makni qisqartiradi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga uning Yaqin Sharqqa safarida hamrohlik qilayotgan diplomatning aytishicha, AQSh 2016 yilda Falastinga ajratiladigan moliyaviy ko‘makni qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bu qaror bir nechta omil, jumladan falastinliklarning nojo‘ya harakatlari va byudjyetda ko‘mak berish uchun cheklovlar kiritilishiga asoslangan”, deb aytdi diplomat.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti Falastinga ajratiladigan ko‘makni 370 mln dollardan 290 mln dollargacha kamaytiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish