Jahon | 02:01 / 25.10.2015
5268
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Liviyadagi plyajlarda 40 muhojir jasadi topildi

Liviyadagi plyajlarda 40 muhojir jasadi topildi. Muhojirlar ketayotgan qayiq O‘rta Yer dengizida to‘nkarilib ketgan. Bu haqda 24 oktabrda TASS ma'lum qildi.

Liviyadagi Qizil yarimoy jamiyati vakilining aytishicha, 27 nafar jasad 24 oktabrda Tripolidan sharq tomondagi Zliten shahri sohillarida topilgan. Qolgan jasadlar Tripoli va Xoms shaharlari sohillari bo‘ylab topilgan.

Ko‘pchilik muhojirlar Sahroi Kabirdan janub tomondagi Afrika davlatlari fuqarolari bo‘lgan. Hozirda dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra qayiqda bo‘lgan yana 30 nafar kishini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan Yevropaga o‘tmoqchi bo‘layotgan noqonuniy muhojirlar soni borgan sari oshib bormoqda. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 8 oyida 300 mingdan ko‘proq odam O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga o‘tmoqchi bo‘lgan. Ulardan 2,5 ming nafari uchun “xavfli sayohat” fojiali yakunlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish