Jahon | 20:19 / 25.10.2015
3448
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko MSK va Radadan Mariupoldagi saylovning barbod bo‘lishi bo‘yicha izoh berishni so‘radi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Markaziy saylov komissiyasi va Oliy Radadan Mariupolda mahalliy saylovlarning o‘tkazilmay qolishi bo‘yicha munosabat bildirishni so‘radi.

"112 Ukraina" telekanalida aytilishicha, Poroshenko o‘z rafiqasi bilan Kiyevdagi saylov uchastkasida ovoz berib chiqqanidan keyin, MSK va Radaga shunday murojaat bilan yuzlangan.

"Oliy Rada va MSKga bu voqeaga munosabat bildirilishini so‘rayman. Radada yaqin vaqt ichida shu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, qonunchilikka kerakli o‘zgartirilishi kerak. Ishonamanki, Mariupolda shu yilda saylov bo‘lib o‘tadi", deydi Poroshenko.

U huquq tartibot xodimlariga Mariupoldagi saylovning barbod bo‘lishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish vazifasini yuklagan.

Eslatib o‘tamiz, Mariupoldagi saylov uchastkalari yaroqsiz byulletenlar tufayli ochilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish