Sport | 17:38 / 25.10.2015
3489
1 daqiqa o‘qiladi

PSJ Azarni rekord darajadagi mablag‘ evaziga transfer qilishi mumkin

Fransiyaning PSJ klubi Londonning "Chelsi" jamoasidan belgiyalik Eden Azarni olib kelishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi ESPN.

Unga ko‘ra, parijliklar futbolchining transferi uchun 75 million funt (104 million yevro) berishga tayyor.

Agar bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Azar futbol tarixida eng qimmat futbolchiga aylanadi. Shuningdek, unga haftasiga 270 ming yevrolik maosh tayinlanishi aytilgan.

Bu xaridning amalga oshishida futbolchining jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlariga darz keta boshlagani yordam muhim rol o‘ynashi mumkin.

Azar joriy mavsumda jamoasi bilan barcha turnirlarda 14 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uni murabbiy himoyalana olmasligi tufayli o‘yinlardan birida asosiy tarkibda tushirmadi.

Qayd etish kerakki, Azar "Chelsi"ga 2012 yilda aynan Fransiya chempionatidan ("Lill")kelgandi.

Bundan avvalroq Azarning "Real" klubiga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish