Jahon | 17:00 / 25.10.2015
3260
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina IIV: Mamlakat bo‘ylab 237ta saylov uchastkasi ishlamadi

Ukraina Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha, bugun mamlakat bo‘ylab 237ta saylov uchastkasi saylovchilarni qabul qila olmadi.

"2015 yilning 25 oktabr kuni, soat 09.30da (Toshkent vaqti bilan soat 12:30da) 29264ta saylov uchastkasidan 10 642tasida ovoz berishlar boshlandi. 237ta saylov uchastkasi esa ochilmay qoldi", deyiladi xabarda.

Ukraina IIV xabariga ko‘ra, 237ta saylov uchastkasi yaroqsiz byulletenlar tufayli saylovchilarni qabul qila olmagan. Bunday uchastkalar Mariupol, Krasnoarmeysk va Suma tumanlarida joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish