Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:56 / 26.10.2015
2413
1 daqiqa o‘qiladi
“Barselona” Maskerano ishi yuzasidan apellyatsiya beradi
«Barselona» “Eybar” jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda (3:1) Xaver Maskeranoga ko‘rsatilgan qizil kartochka sababidan appelyatsiya beradi.
“Biz apellyatsiya beramiz. Chunki, birinchidan, u hakamni haqorat qilmagan, ikkinchidan, hakam hisobotidagi daqiqalar mavjud emas, shu bois u yo‘qqa chiqishi mumkin”, – dedi Kataloniya klubi direktori Albert Soler.
Avvalroq Maskerano hakamni haqorat qilgani uchun to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida ma'lumot berilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish