Jahon | 09:25 / 26.10.2015
2215
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinadagi prezidentlik saylovi tinch vaziyatda o‘tkazilgani ma'lum qilindi

Argentinadagi prezidentlik va parlament saylovlari xotirjam ruhda o‘tmoqda, deb xabar bergan TASS.

Yakshanba kunining o‘zidayoq bir qancha nomzodlarga to‘liq ovoz berib bo‘lingan.

"Ayni damgacha saylov kuni mutlaqo tinch o‘tdi", - dedi “Yangilash fronti” partiyasidan prezidentlikka nomzod Serxio Massa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Buenos-Ayresning ayrim joylarida “byulleten o‘g‘irligi” haqida ma'lumot tarqatilgan va darhol bartaraf etilgan.

Saylovlar haqida ijobiy fikrni yana bir prezidentlikka nomzod “Respublika taklifi” konservativ-muxolifat partiya vakili Mauriso Makri ham bildirib o‘tgan.

"Kun yaxshi boshlandi, hech qanday salbiy holatlar qayd etilmadi. O‘ylaymanki, demokratiyaning ushbu bayrami oxirigacha shunday ruhda o‘tadi", - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish