Sport | 16:20 / 26.10.2015
2573
2 daqiqa o‘qiladi

Kiyevdagi stadion direktori qora tanlilar uchun alohida tribuna tashkil qilish taklifini ma'qulladi

Kiyevdagi «Olimpiyskiy» sport kompleksi ijrochi direktori Vladimir Spilchenko Yevropa chempionlar ligasining «Chelsi»ga qarshi uchrashuvida qora tanli muxlislarning kaltaklanishi bo‘yicha vaziyatga izoh berib o‘tdi.

«Portu»ga qarshi uchrashuvda ham qora tanli muxlislar tashrif buyurishgandi. Biz ularga hattoki eng qimmat chiptalar mavjud markaziy sektorlarga ko‘chib o‘tishni taklif qilgandik. Lekin ular bu taklifni rad qilishdi.

Rahbar «Nima deb o‘ylaysiz, balki ular uchun alohida sektor tashkil qilish kerakdir», deb berilgan savolga: Yaxshi g‘oya. Menimcha biz bu taklifingizni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Balki rostan ham ular uchun alohida sektor tashkil qilarmiz. Shunda irqchilik bilan bog‘liq muammolar balki bo‘lmasdi», – deya javob bergan Spilchenko.

UYeFA mazkur ishni 27 oktabr kuni ko‘rib chiqadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, tashkilot «Dinamo»dan ochko olib tashlashi va hattoki, musobaqadan chetlatilishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish