Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevdagi stadionda qora tanli muxlislar uchun sektor tashkil qilinishi mumkin
Kiyevning “Olimpiyskiy” stadionida qora tanli muxlislar uchun alohida sektor tashkil qilinishi mumkin. Bu haqda arenaning ijrochi direktori Vladimir Spilchenko 2+2 telekanali efirida uzatilgan “Pro futbol” dasturi chog‘ida ma'lumot berdi.
O‘tgan hafta UYeFA Kiyevning “Dinamo” jamoasiga nisbatan axloqiy ish qo‘zg‘adi. ChLning guruh bosqichida “Chelsi”ga qarshi kechgan bahsda ushbu jamoaning muxlislari 4 nafar qora tanli muxlislarga hujum qilgani aytildi. Voqea “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tdi. “Futbol Yevropada irqchilikka qarshi” tashkiloti voqea qayd qilingan videolavhani UYeFAga yetkazdi.
“Qora tanli muxlislarga alohida sektor ajratish yaxshi g‘oya, – dedi Spilchenko. – Balki biz bunday ko‘ngilsizliklarni olish uchun bu ishga qo‘l urarmiz”.