Jahon | 10:16 / 26.10.2015
3185
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya yadroviy qalqon modernizatsiyasiga 250 mlrd dollar sarflaydi

Rasmiy Londonning yadroviy qalqonni modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalarini amalga oshirish uchun mamlakat 167 mlrd funt sterling yoki 256 mlrd dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Bu sonlar Reuters agentligi tomonidan oshkor qilindi.

Agentlik jamoat palatasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Krispin Blant bilan birgalikda “Traydent” ballistik raketalari bilan “Vangard” submarinalarini yangilashga ketadiga xarajatlarni hisoblab chiqdi. Shuningdek, yadroviy flotning keyingi sarf-xarajatlari ham hisobga olindi.

Ilgari hukumat bu ishlarga 15-20 mlrd funt sterlingning yetishini aytgan edi. Ammo parlamentariyning mudofaa vazirligiga kiritgan so‘roviga javoban idora 4ta yangi submarinaning narxi 25 mlrd funt sterlingni tashkil qilishi, uni saqlashga esa harbiy idora yillik byudjyetining 6 foizi sarflanishi lozimligini ma'lum qildi. Mudofaa vazirligining joriy yildagi byudjyeti 33.8 mlrd funt sterlingni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish