Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ummon Asadga Suriya inqirozini hal qilishda yordam berishni taklif qildi
Ummon Suriya inqirozini hal qilishda yordam berish maqsadida mintaqaviy va xalqaro darajada barcha imkoni bor narsani amalga oshiradi. Bu haqda Ummon sultonligi tashqi ishlar vaziri Yusuf ibn Olovi ibn Abdulloh Suriya prezidenti Bashar Asad bilan Damashqda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi.
Asad Ummonning Suriyadagi inqirozga bildirgan munosabati, jumladan “o‘z hududiy birligi va mustaqilligi uchun kurashayotgan suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlashdagi sa'y-harakatlarti” uchun minnatdorchilik bildirdi. “Terrorchilikning yo‘q qilinishi Suriyada siyosiy muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazishni ta'minlashga yordam beradi”, deb aytdi Asad.