Jahon | 20:41 / 26.10.2015
4272
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston va Yaponiya bir qator kelishuvlarni imzoladi

26 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Abening tashrifi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston va Yaponiya o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasida quyidagi hujjatlar imzolandi: Qirg‘iziston va Yaponiya o‘rtasida hamfikrlik va hamkorlik haqidagi qo‘shma bayonot; “Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini yaxshilash” loyihasi bo‘yicha hukumatlararo ayirboshlash notalari, Qirg‘iziston hukumati va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasidagi grant kelishuvi, Qirg‘iziston hukumati va Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida “Manas” xalqaro aeroporti jihozlanishini yaxshilash” loyihasi bo‘yicha ayirboshlash notalari va grant kelishuvi.

Shuningdek, Qirg‘iziston moliyaviy razvedka xizmati va Yaponiya jamoat xavfsizligi milliy komissiyasi huzuridagi Moliyaviy razvedka markazi bilan jinoiy daromadlarni yuvish va terrorchilikni moliyalashtirish bilan bog‘liq ma'lumotlar almashish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi bayonot imzolandi. Yaponiyaning “IHI Star” korporatsiyasi bilan ikkita: “Ayil Bank” bilan hamkorlik va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligi bilan hamfikrlilik haqida ikkita memorandum ma'qullandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish