Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Rossiyada toliblarga ma'lumotlarni berish uchun aloqa qanali mavjud
Rossiyada toliblarga ma'lumotlarni Moskvaga zarurat tug‘ilganda bera oladigan aloqa kanali mavjud, deb ma'lum qildi Rossiya prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kobulovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Avvalroq AQShning Daily Beast nashri toliblar harbiy rahbariyatidagi noma'lum vakilga iqtibos keltirgan holda “Tolibon” harakati AQShning hozirgi harakati va IShID tomonidan solinayotgan xavfni hisobga olib, Yaqin Sharqdagi harakatlar ssenariysi rivojlanishiga ko‘ra Rossiya bilan hamkorlik qilish imkoniyatini istisno qilmayotganini ma'lum qilgan.
“Bizda toliblar bilan ularga nimadir yetkazmoqchi bo‘lsak aloqa kanali mavjud, “Deyli bist” nimani nazarda tutayotganini men bilmayman. Aloqa kanali bor”, deb aytdi Kobulov.
Diplomat biror-bir tafsilotni oshkor qilishni istamadi.