Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili: Ukrainada iqtisodiyotning noqonuniy qismi 48 foizni tashkil qiladi
Odessa hokimi Mixeil Saakashvili Ukrainada “soyadagi” noqonuniy hukumatning mavjudligini, u davlat sektoridagi daromadning ulkan qismini o‘zlashtirayotganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, 2014 yildagi hukumat almashuvidan so‘ng iqtisodiyotning noqonuniy qismi 32 foizdan 48 foizgacha oshib ketdi.
“Men korrupsiyaga hukumat boshchilik qiladi deganim yo‘q, men Ukrainada parallel hukumatning borligini, soyadagi shaxslar qarorlar qabul qilishini aytdim. Ulkan davlat sektori, ulkan davlat korxonalari bor, ular milliardlab dollar ishlab topadi, lekin foyda davlat hisobiga bormaydi, soyadagi siyosiy hukumatning cho‘ntaklarida qolib ketadi. Bu muammo hech qayerga ketmadi. Men bunday siyosatni yo‘q qilish tarafdoriman. Men soyadagi noqonuniy tizimni to‘liq yo‘q qilish tarafdoriman”, - dedi u.