Jahon | 10:18 / 26.10.2015
2112
1 daqiqa o‘qiladi

Singapur Indoneziyadan o‘rmon yong‘inlarining aybdorlarini ko‘rsatishni talab qildi

Singapur hukumati Indoneziyadan o‘rmon yong‘inlarida aybdor kompaniyalarning nomini bilib olmoqchi. Straits Times nashrining yozishicha, yong‘in oqibatida Indoneziya bilan qo‘shni davlatlar ham quyuq tutun bilan qoplangan.

Jakarta tergov ishlarini olib borayotganini ta'kidlaganiga qaramay, shu paytgacha hech kimga nisbatan choralar ko‘rilmadi. Shu bois Singapur rasmiylari ishga kirishib, jarayonni tezlashtirishga, kerak bo‘lsa, aybdorlarni aniqlash va ularni jazoga tortishda yordam berishga harakat qilmoqda.

Singapur qonunchiligiga binoan, bunday yong‘inlarni keltirib chiqarishda aybdor tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadigan maksimal ma'muriy jazo 1.4 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish