Jahon | 15:38 / 26.10.2015
2865
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2 nafar politsiyachi IShID tarafdorlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

Turkiyada IShID guruhiga mansub jangarilar bilan otishma chog‘ida 2 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 4 nafari jarohat oldi.

Mahalliy TV orqali xabar berilishicha, bugun ertalab politsiyachilar Diyorbakr shahrida jangarilar istiqomat qilib kelgan xonadonga bostirib kirishgan, kelib chiqqan otishmada ulardan 2 nafari o‘ldirilgan.

Politsiyaga maxsus qismlar bilan bir qatorda zirhli texnika ham yordam bergan. Ma'lum bo‘lishicha, xonadon IShIDning mahalliy yacheykasiga shtab-kvartira sifatida xizmat qilgan.
Otishma chog‘ida jangarilarning 4 nafari o‘ldirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish