Sport | 12:27 / 26.10.2015
3420
1 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal: Runi haqidagi savollardan charchadim, boshqa javob bermayman

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal APLning 10-turida "Manchester Siti" bilan uchrashuvdagi golsiz durangdan so‘ng Ueyn Runi haqidagi savollardan charchaganligini aytdi.

"Nima uchun har hafta Runi haqida gapirishim kerak? O‘zingizda fikr bo‘lsa - yozing. Runi haqidagi savollarga javob bermayman, ulardan charchadim", - deydi van Gal.

Ta'kidlash joiz, jurnalistlar murabbiydan Manchester derbisidagi Runinning o‘yiniga baho berishni so‘rashgan edi.

Qayd etish kerakki, "MYu"ning asosiy hujumchisi hisoblanuvchi Runi o‘tkazilgan 9ta turda 2tagina gol urdi. "Manchester Siti" bilan o‘yinda esa uni "shaharliklar" himoyachisi Nikolas Otamendi "to‘liq qurolsizlantirdi".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish