Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Kiyevga noyabrda 1 mlrd dollarlik kredit beradi
AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainaga noyabrda 1 mlrd dollarlik kredit taqdim qilmoqchi. Bu haqda 26 oktabrda AQSh savdo vaziri Penni Pritsker matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
“Prezident va Kongress keyingi oyda Ukrainaga uchinchi bir milliardlik kredit kafolatini taqdim qilmoqchi”, deb aytdi vazir.
Pritskerning aytishicha, u Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan “Ukrainaga investitsiyalar jalb qilishga imkon beradigan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchinchi kredit kafolatidan foydalanish imkoniyatlarini” muhokama qildi.
O‘z navbatida, Poroshenko “AQShning bu qarori haqiqiy do‘stning munosabati” ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Poroshenko Pritskerga 25 oktabrda o‘tgan mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarning o‘tkazilishi bo‘yicha ma'lumot bergan.