Jahon | 15:43 / 26.10.2015
3325
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada umrbodga qamalgan ikki mahbusga o‘qilgan hukm bekor qilindi

Yaponiyada bugun 20 yildan ortiq qamoqda saqlangan ikki mahbus ozod qilindi. Osaka shahri oliy sudi 11 yoshli qizni o‘ldirishni rejalashtirganlikda ayblanib umrbod jazoga hukm qilingan bu odamlarga qo‘yilgan ayblovlar noto‘g‘ri ekanligini tan oldi.

1995 yil iyulida Osakadagi xususiy uylardan birida yong‘in kelib chiqib, oqibatda uy egasi bo‘lmish 51 yoshli Keyko Aoki xonimning 11 yoshli qizchasi tiriklay yonib ketgan edi. Ayol fuqarolik nikohidagi erkak Tatsuxiro Boku bilan birgalikda sug‘urta pullarini olish uchun uyni ataydan yoqib yuborganlikda ayblangan edi. Endilikda dalillar yetarli bo‘lmagani aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish