Iqtisodiyot | 15:56 / 26.10.2015
2516
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning Sumitomo kompaniyasi Turkmanistonda 300 mln dollarga IES quradi

Yaponiyaning Sumitomo Corp. savdo-investitsion kompaniyasi Turkmanistondan issiqlik elektr stansiyasi qurishga buyurtma oldi. Loyiha qiymati 300 mln dollarni tashkil qilmoqda. Tabiiy gazda ishlaydigan IESning quvvati 400 MVt ni tashkil qiladi.

Kompaniya shtab-kvartirasining ma'lum qilishicha, shartnoma Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Turkmanistonga tashrifi chog‘ida imzolangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish