Jahon | 17:45 / 27.10.2015
2425
1 daqiqa o‘qiladi

“Gazprom” Turkiya bilan sud jarayonini “me'yorida” deb baholadi

Turkiyaning Botas kompaniyasi tomonidan Rossiyaning “Gazprom” davlat kompaniyasining sudga tortilishi “Gazprom” rasmiy vakili tomonidan “yaxshi” deb baholandi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

“Hakamlik sudi — ikki tomonlama shartnomani yana bir bor ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu yaxshi. Shunga qarab sudga bo‘lgan jarayonda nizoni bartaraf etish mumkin bo‘ladi”, — dedi Kupriyanov.

Avvalroq Turkiya davlat kompaniyasi Botas gaz narxi bilan bog‘liq masala yuzasidan Rossiyani xalqaro hakamlik sudiga topshirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish