Texnologiya | 16:36 / 27.10.2015
2371
1 daqiqa o‘qiladi

“Yandeks” jurnalistlarni robotlarga almashtiradi

Yandeks internet-portali o‘z axborot agentligini ishga tushirmoqchi, unda yangiliklarni muxbir va jurnalistlar emas, avtomatik algoritmlar tayyorlaydi.

Ma'lumotlarni tahlil va monitoring qilish asosida xabarlar tayyorlanadi, — deydi loyiha rahbari.

Dastavval, robotlar faqat yo‘ldagi tiqilinchlar va ob-havo to‘g‘risida yangilik maqolachalarini tuzadi hamda internet-foydalanuvchilar diqqatini jalb qilgan mavzularni ajratadi. Keyinchalik xizmat doirasi kengayadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish