Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:35 / 27.10.2015
2344
1 daqiqa o‘qiladi
2030 yilda Qozog‘istonning 56 foizi gazlashtiriladi
2030 yilga qadar Qozog‘iston hududidagi aholijoylarning 56 foizi gazlashtiriladi. Bu haqda mamlakat energetika vazirining o‘rinbosari Baqitjon Jaqsaliyev MDH elektroenergetik kengashining 54-yig‘ilishidagi chiqishida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yili Qozog‘istonda neft eksporti hajmi 62.4 mln tonnani, gaz hajmi esa 43.2 mlrd kubometrni tashkil qildi. Mamlakat hududi orqali gazning xalqaro tranzit qilinishi hajmi 91.4 mlrd kubometrga bordi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish