Jahon | 10:33 / 27.10.2015
13472
3 daqiqa o‘qiladi

Bishkek Yaponiya bosh vazirini qanday kutib oldi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifi doirasida Bishkekda bo‘ldi. U Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev bilan muzokaralar olib bordi. Ikki tomon uchrashuvlari chog‘ida qator kelishuvlar imzolandi. Bu haqda “24.kg” batafsil hikoya qiladi.

1. Yuqori martabali mehmonning tashrifi munosabati bilan Qirg‘izistonning markaziy ko‘chalaridan biri maydoni to‘sildi. Sindzo Abeni ilk kutib olingan joy “Ala Archa”davlat qarorgohi bo‘ldi.

2. Yaponiya bosh vaziri o‘z rafiqasi bilan 22—28 oktabr kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston va Turkmanistonga rasmiy tashrif buyurishni rejalashtirgan. Sindzo Abe butun Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurgan birinchi yapon bosh vaziri bo‘ldi.

 

3. Tor doirada bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashishda Qirg‘iziston prezidenti Yaponiya bosh vazirini saylovlardan muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Mehmon ham, o‘z navbatida, mezbonni mamlakatda 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovining muvaffaqiyatli o‘tgani bilan qutladi.

4. Almazbek Atambayev: “Men hamon bundan ikki yil avval Tokiodagi iliq mehmonnavozlikni unutganim yo‘q. O‘sha tashrifim chog‘ida sakura nihollarini olib kelgandim. Endi bo‘lsa Bishkekning janubiy qismida kichkina sakura bog‘i mavjud. Ular hatto mening bog‘imda ham o‘sadi. Ko‘chatlarning o‘sib ketgani yaxshilik alomati. O‘ylaymanki, bizning munosabatlar ham ana shunday yuksaladi”.

5. Yaponiya bosh vazirining qayd etishicha, Qirg‘iziston turli sohalarda demokratiya qurish yo‘lida muntazam rivojlanib bormoqda. “Yaponiya mamlakatingizni qo‘llab-quvvatlaydi. Men barcha sohalardagi hamkorligimizni eng yuqori darajaga ko‘tarishni istar edim”, - dedi Sindzo Abe.

6. Yaponiya bosh vaziri shuningdek, Bishkekning Ala-Too maydonidagi Aprel inqilobi qahramonlari yodgorligida ham bo‘ldi. Bosh vazir Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev bilan birga yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

7. Yaponiya bosh vazirining Bishkekka tashrifi vaqtida Markaziy Osiyoda epimarkazi Afg‘onistonda qayd etilgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila to‘lqinlari Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘istonning janubiy qismlarida sezildi.