Jahon | 20:45 / 27.10.2015
2076
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Afg‘onistonda 450 nafar harbiyini saqlab qoladi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, Britaniya qo‘shinlari Afg‘onistonda 2016 yilga qadar qoladi. Ularning soni 450 nafar harbiyni tashkil etadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britan harbiylari afg‘on armiyasiga harbiy mashg‘ulotlar o‘qitishda yordam beradi.

Mudofaa vazirining qo‘shimcha qilishicha, bu qaror Britaniyaning Afg‘onistonda tinchlikni saqlash majburiyatini ko‘rib chiqqach qabul qilingan.
Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘onistonda 2016 yil oxiriga qadar 9,8 ming nafar AQSh askari qolishi haqda ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish