Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya kubogi uchrashuvlari YouTube orqali translyatsiya qilinadi
Ispaniya La Ligasi rasmiy sayti Mediapro kompaniyasi bilan Ispaniya kubogi doirasidagi uchrashuvlarni YouTube orqali HD formatda translyatsiya qilib borish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e'lon qildi.
Uchrashuvlarni 19 mamlakatda ya'ni Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Rossiya, Bosniya va Gertsegovina, Vengriya, Ukraina, Slovakiya, Sloveniya, Shveytsariya, Gretsiya, Makedoniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, Argentina va Braziliyada bo‘lgan foydalanuvchilar tomosha qilishlari mumkin.
Bir o‘yinning o‘rtacha narzi 4,99 yevroni tashkil qiladi. Finaldan tashqari barcha uchrashuvlarni tomosha qilish narxi esa 19,99 yevro.