Jahon | 12:11 / 27.10.2015
2904
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon qochqinlarining uchdan ikki qismi shaharlarga o‘rnashdi

Jahon miqyosida barcha qochqinlarning 60 foizi shaharlarda yashaydi. Bu haqda Xalqaro qutqarish qo‘mitasi (IRC) rahbari Devid Milibend Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Bu barqaror tendensiyadir. Jahondagi vaziyatga bog‘liq ravishda kelib chiqmoqda”, - ma'lum qildi mutaxassis. 40qa yaqin davlat o‘z fuqarolariga eng zaruriy shart-sharoitlarni yaratib bermaydi, shuningdek, etnik, diniy, siyosiy kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmaydi", deb ta'kidladi IRC rahbari.

Migratsion inqirozning kelib chiqishida birlamchi javobgarlik xalqaro siyosiy tizim bo‘ynidadir. Keltirilishicha, 20 mln kishi ayni kunlarda qochqinlik maqomida, yana 40 mln kishi boshpana so‘ramoqda yoki o‘z mamlakati ichida ko‘chgan shaxslardir. Bundan tashqari, 200 mln kishi yaxshiroq iqtisodiy sharoitlarni qidirib, muhojirlikda yuribdi.