Iqtisodiyot | 13:44 / 27.10.2015
4083
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistondan kelayotgan import tovarlari sonini oshiradi

Uzbekistan Trading House (Latviya) rahbari Andrey Kolupayev O‘zbekistondan import qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi kengaytirilishi haqida axborot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish juda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

“Biz O‘zbekistondan import qilinayotgan tovarlar nomenklaturasini kengaytirmoqchimiz. Masalan, tekstil va vino mahsulotlarini”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish