O‘zbekiston | 12:52 / 27.10.2015
3597
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholi ehtiyoji uchun chetdan 330 ming tonna ko‘mir sotib oladi

O‘zbekiston yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida aholi ehtiyojini uzluksiz qondirish uchun chet eldan 330 ming tonna qo‘ng‘ir ko‘mir sotib oladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bergan.

Vazirlar Mahkamasining 16 oktabrdagi qaroriga ko‘ra, sotib olinadigan ko‘mirning 100 ming tonnasidan yoqilg‘i briketlari tayyorlash uchun foydalaniladi.

Ko‘mir aholiga reja-jadval asosida yetkazib beriladi. Hukumat Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga aholiga ko‘mirni «Mahalla» jamg‘armasi tayyorlagan buyurtmalarga ko‘ra, tezkor va manzilli yetkazib berish vazifasini yuklatdi.

Qarorda ko‘mirni aholiga sotish bo‘yicha jamoat nazoratini tashkil qilish ham ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish