Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al Soud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, telefon suhbati davomida tomonlar Suriyadagi vaziyatni muhokama etishgan.
“Suriya inqirozi bo‘yicha tomonlar fikr almashishdi. Shuningdek, joriy yilning 23 oktabr kuni Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh va Turkiya yuqori darajali vakillari o‘rtasida Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuv xulosalari va turli daraja hamda formatdagi masalalar ham muhokama etildi”, — deyiladi xabarda.