Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:47 / 27.10.2015
2145
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston va Xitoy chegarachilari aeroportlarda qo‘shma operatsiyalar o‘tkazadilar
Qirg‘iziston va Xitoyning chegara idoralari ikki davlat aeroportlaridagi nazorat o‘tkazish punktlarida xavfsizlik masalalari bo‘yicha axborot almashuvini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Qirg‘iziston vakillari xabar berdi.
Aytilishicha, bu boradagi kelishuv Bishkekda XXRning maxsus delegatsiyasi bilan imzolangan.
“Bundan tashqari, respublikamiz va Xitoy aeroportlarining o‘tkazish punktlarida chegara nazoratini kuchaytirish maqsadida qo‘shma operatsiyalar o‘tkaziladi”, - ma'lum qildi chegara xizmati vakili.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish