Jamiyat | 09:02 / 27.10.2015
2725
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ektremistik holatlar miqdori oshganligi ma'lum bo‘ldi

Qirg‘izistonda 2015 yilda ekstremizm bilan bog‘liq 279 ta fakt aniqlangan. Bu 2014 yilnikiga qaraganda 20,7 foizga ko‘pdir. Bu haqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarnomasida ma'lum qilingan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ulardan 122 tasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Turli ekstremistik tashkilotlarga a'zo 1,844 kishi ro‘yxatga olingan”, - deb ma'lum qiladi matbuot xizmati.