Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rashid Qurbonov Rossiyadagi xalqaro turnirda kumush medal oldi
Rossiyaning Botlix shahrida erkin kurash bo‘yicha an'anaviy xalqaro turnir o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Polsha, Ruminiya va Bolgariya davlatlari vakillari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Musobaqalar yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik Rashid Qurbonov (-74 kg) finalga qadar kechgan bellashuvlarni g‘alaba bilan yakunlab, kumush medal sovrindori bo‘ldi.
Ushbu vazn toifasida oltin medalni rossiyalik Gadji Nabiyev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bronza medallar Magomed Ramazanov (Rossiya) va Daniyar Kaysanov (Qozog‘iston)ga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Rashid Qurbonov Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.