Jahon | 22:17 / 27.10.2015
3738
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Lada avtomobillarini Suriyaga eksport qiladi

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi o‘z avtomobillarini Suriya, Livan, Misr va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalistlarga kompaniya rahbari Bu Andersson ma'lum qilgan.

“Biznes nuqtai-nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, bu balki xato fikrdir, — dedi Andersson avtomobillarni chet elga eksport qilish borasidaberilgan savolga. — Ammo Suriyada bizning Nissan singari hamkorimiz bor. Bu ishni ancha osonlashtiradi. Biz Livandan ham yaxshi import qiluvchini topdik. U yerda ham ishlar jo‘nashib ketadi. Biz Vengriyadan diler yolladik. To‘rt oy oldin Misrda bo‘lgandim. Ayni damda Tunis va Marokashdan import qiluvchilar qidirilmoqda”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish