Jahon | 21:01 / 27.10.2015
2568
1 daqiqa o‘qiladi

Vertolyot halokati natijasida Liviyada 25 kishi nobud bo‘ldi

26 oktabr, dushanba kuni Liviya poytaxti Tripoli shahridan g‘arba joylashgan hududda bortida 25 nafar kishi bo‘lgan fuqarolik vertolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Erem News portali. Natijada bortdagi barcha inson halok bo‘lgan.

Falokat sabablari hali aniqlashtirilmagan. Portalning ma'lum qilishicha, vertolyot halokatga uchragan hududda turli qurolli guruhlar qarama-qarshiligi davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish