Jahon | 17:30 / 27.10.2015
3574
1 daqiqa o‘qiladi

Xakerlar DDoS-hujumlar uchun 900 kuzatuv kameralarini qo‘lladi

AQShning Incapsula kompaniyasi 900 IP-kameralaridan iborat botnetni aniqladi. Uning yordamida xakerlar DDoS-hujum uyushtirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning korporativ blogida xabar qilindi.

Hujumda internetga ulangan bir qancha kameralar ishtirok etgan bo‘lib, ular dunyoning turli chekkalarida joylashgan edi. Xakerlar interfeysni UNIX buzib, OS Linux asosida ishlaydigan kameralar nazoratini qo‘lga olgan. Dastlab ular tarmoqni skanerdan o‘tkazib, eng zaif kameralarni aniqlagan, so‘ngra parollarni terib chiqish yo‘li bilan ularning tizimiga kirib olgan.

Natijada xakerlar butun boshli kuzatuv kameralari tarmog‘ini yarata olishgan. Bu ularga DDoS-hujum doirasida sekundiga 20 ming so‘rov yo‘llash imkonini bergan. Kameralar loglari ularning geografik jihatdan tarqoq IP-lardan boshqarilganini ko‘rsatdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish