Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni Janubiy Xitoy dengizida ehtiyotkorona "qadam bosish"ga chaqirdi
Xitoy TIV rahbari Van I AQShni Janubiy Xitoy dengizidagi ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga chaqirdi.
Ayni vaqtda Xitoy tomoni amerikaliklarning esminetsi Xitoy suvlariga noqonuniy ravishda kirgani bo‘yicha ma'lumotni tekshirishmoqda.
"Agar bu rost bo‘lib chiqsa, biz AQShga o‘z harakatlarini o‘ylab amalga oshirishni tavsiya qilamiz. Biz muammo paydo bo‘lishini istamaymiz", deydi Van I.
Biroz oldinroq, AQSh Harbiy dengiz kuchlari Janbuiy Xitoy dengizida Xitoy tomonidan sun'iy orollar qurilayotgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni boshlagani xabar qilingandi.
Undan avvalroq, Xitoy bahsli Spratli orollariga 2ta mayoq o‘rnatgandi.
Qayd etish kerakki, Spratli arxipelagiga birato‘la 6ta davlat: Xitoy, Vetnam, Tayvan, Malayziya, Filippin va Bruney da'vogarlik qiladi.
2014 yilda Xitoy arxipelagning bir nechta riflarini harbiy infratuzilmani joylashtirish uchun orollarga aylantirish bo‘yicha loyihani yakunlagan edi.