Jahon | 15:12 / 27.10.2015
3414
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuv chog‘ida Nazarboyev Abeni qayta saylangani bilan tabriklab, jahondagi murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni tilab qoldi.

“Bizning mamlakatlarimiz yadroviy qurol qo‘llanishining ayanchli oqibatlarini boshdan kechirdi. Shu bois men global aksilyadroviy harakat tashabbusini ilgari surdim, sizning bu boradagi tashabbuslaringizni esa biz to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi u.
Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Sindzo Abe Qozog‘istonda olib borilayotgan ishlar haqida iliq fikrlar bildirdi. “Men bosh vazirligimning 9 yili mobaynida birinchi marta Qozog‘istonga kelishim. Ilgari biz turli xalqaro maydonlarda 3 marta uchrashgan edik, bu 4-uchrashuvimiz. Biz o‘z aloqalarimizni rivojlantirib borayotganimizdan nihoyatda mamnunman”, - ta'kidladi Abe.