Sport | 18:30 / 28.10.2015
6984
1 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" Messiga rad qilib bo‘lmas taklif bilan chiqmoqchi

"Barselona" Lionel Messi o‘z tarkibida faoliyatining oxirigacha qolishini istamoqda.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati yaqin vaqt ichida argentinalik hujumchi bilan muzokaralar boshlashni rejalashtirgan.

Biroz oldinroq, kataloniyaliklarning Messiga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayotgani haqida xabarlar berilgandi. Klub bunday masalada shoshma-shosharlik qilinmasligi kerakligini ta'kidlab o‘tgandi.

Ma'lumot uchun Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. U 1 yilda 20 mln yevroga yaqin maosh oladi, qolaversa unga bonus shaklida 4-5 mln to‘lanadi.

Biroz oldinroq, unga "Manchester Yunayted" jamoasida qiziqish bildirilgani xabar qilingandi. Inglizlar Messini 2016 yilning yozida o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilishi aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish