Sport | 09:34 / 28.10.2015
2985
1 daqiqa o‘qiladi

Zlatan Ibrohimovich Shvetsiyada cherkov sotib oldi

PSJ hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Shvetsiya poytaxti Stokgolmdan yevangeliy cherkoviga mansub sobiq binoni sotib oldi. Bu haqda aftonbladet.se xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, to‘rt qavatdan iborat, umumiy maydoni ming kvadrat metrni tashkil etuvchi ushbu binoni Ibrohimovich 110 million shved kronasiga (12,5 mln yevro atrofida) xarid qilgan.

Katolik hisoblanuvchi ushbu futbolchi binoni ta'mirlatib, uni qochqinlar uchun turar-joyga aylantirishni niyat qilgan.

Stokgolmdagi ushbu turar-joydan tashqari Zlatanning Stokgolm yaqinida villasi, Nyu-Yorkda kvartirasi va Floridada villasi bor. Shuningdek, uni Malmeda ham uyi bor edi, ammo u uni shu yili 4 mln yevroga sotib yuborgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish