Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MasterCard gadjyetlarni planshet kartalariga aylantiradi
MasterCard ishga tushirgan yangi dasturdan ko‘zlangan maqsad mobil uskunani to‘lovlarni amalga oshirish vositasiga aylantirishdir, deb ta'kidlaydi The Verge.
To‘lov kartasi tariqasida nafaqat telefonlar, balki fitnes-trekerlar, “aqlli” uzuklar va boshqa gadjyetlardan foydalansa bo‘ladi.
Shu tariqa MasterCard to‘lovlar o‘tkazishni o‘ta soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kompaniya bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Masalan, to‘lov moduli GM kompaniyasi tomonidan avtomobil kalitiga, Ringly tomonidan “aqlli” uzukka, Nymi tomonidan trekerga o‘rnatildi.
MasterCard’ni qo‘llab-quvvatlaydigan dastlabki uskunalar keyingi yildan sotuvga chiqariladi.