Jahon | 22:38 / 28.10.2015
2706
1 daqiqa o‘qiladi

MDH maxsus xizmatlari vakillari terrorchilarni aniqlash usullarini yanada yaxshilashni muhokama etishdi

MDH a'zolari davlat xavfsizligi va maxsus xizmatlari rahbarlari Suriya va Afg‘onistonda jismoniy tayyorgarlikdan o‘tgan terrorchilarni aniqlash usullarini yanada yaxshilashni muhokama etishdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar jangarilar va qurollarni olib keluvchi yo‘llarni, ularni moliyaviy tomondan quvvatlab turuvchi manbaalarni topishda hamkorlikda harakat qilishga kelishib olishgan.

Suriya va Afg‘onistonda tayyorlangan mafkuraviy va terrorchi shaxslarni aniqlash mexanizmlari borasida ham bir to‘xtamga kelingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish