Jahon | 20:35 / 28.10.2015
3758
1 daqiqa o‘qiladi
Nepalda birinchi marta kommunist ayol prezident bo‘ldi
Nepalda mamlakat kommunistik partiyasidan prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan ayolni davlat rahbari etib saylashdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Mamlakat parlamenti spikerining ma'lum qilishicha mamlakatning yangi rahbari Bidxaya Devi Bxandari parlamentdan 327 ovoz olgan, uning raqibi 214. U Nepal tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘ldi.
Bxandari Kommunistik partiyasi rahbarining, ayni damda, mamlakat bosh vaziri Kxadga Prasad Olining o‘rinbosari edi.
Yangi prezident Nepal xotin-qizlarining har bir sohadagi haq-huquqlarini himoyalab kelgan. Jumladan, siyosatda ham.