Jamiyat | 18:12 / 28.10.2015
2305
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi restoranlarga kuchuklarni olib kirish uchun rasman ruxsat beriladi

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo shahar hududidagi restoranlarga itlar bilan kelib ovqatlanish huquqini taqdim qiluvchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda The Huffington Post xabar bergan.

Ushbu qonun e'lon qilingandan boshlab, kuchga kirgan.

Nashrning yozishicha, endilikda shahardagi restoranlar mijozlardan jonivorlarni tashqarida qoldirishni talab qila olishmaydi.

Nyu-York shtati qonunchilik palatasi a'zolari va qonun loyihasi muallifi Linda Rozentalning qayd etishicha, bu qonun restoranlarga oilaviy ravishda kechki ovqat uchun kelishlar miqdorini oshiradi. Rozental xonimning aytishicha, bungacha ko‘pchilik o‘z sevimli jonivorlarini uyda yolg‘iz qoldirishni istamagani uchun kechki ovqat vaqtida uyga qolishga qaror qilishar edi.

O‘z navbatida, Nyu-York Sog‘liqni saqlash departamenti bu qonun loyihasiga keskin qarshi chiqqan. Ular bu loyihani "antisanitar" deya baholashgan.

Loyiha tarafdorlari esa, bu qonun orqali restoranlarning tushumi ortishi, xo‘jayinlari ovqatlanayotgan mahalda mashinalarda qoldiriladigan jonivorlarning dimiqib qolish holatlari yo‘qolishi va oilaviy yig‘ilishlar ko‘payishini dastak qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish