Jahon | 15:23 / 28.10.2015
7399
2 daqiqa o‘qiladi

Obama AQSh politsiyasini “balogardonlar” deb atadi

Payshanba kuni Chikago shtati politsiyasiga murojaat qilgan AQSh prezidenti Barak Obama milliy ozchiliklar vakillariga diqqat-eʼtibor qaratgan taqdirlarida zo‘ravonlik jinoyatlarining miqdori kamayishiga erishishlari mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda USA Today nashri yozmoqda.

“Men politsiyani u xizmat qilayotgan jamiyatdan ayiradigan har qanday g‘oyani inkor qilaman. Bunday g‘oyalar OAVda juda ko‘p tilga olinadi, ammo ularga reytingini oshirishni istagan siyosatchilar murojaat qiladi”, - dedi u Xalqaro politsiya rahbarlari uyushmasida o‘tgan uchrashuvda. Prezident politsiyachilar mamlakat xavfsizligini ta'minlashga hissa qo‘shayotganini va bundan barcha amerikaliklar faxrlanishi lozimligini ta'kidladi.

“Politsiyachilar juda ko‘p vaziyatlar balogardonlarga aylanishadi, birinchi navbatda jamiyatda adolat yetarli darajada ta'minlanmayotgan o‘rinlarda ularga barcha ayb yuklanadi. Men siz ishni yaxshi bajarayotganlaringni bilaman, shu bilan birga, ayrim muammolarga ham duch kelishingizdan xabarim bor”, - ta'kidladi AQSh rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish