Sport | 16:34 / 28.10.2015
2970
2 daqiqa o‘qiladi

Oksana Chusovitina yettinchi marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi

Sport gimnastikasi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan JCh-2015dagi o‘zining ishtirokidan qoniqish hosil qildi. Mazkur musobaqa unga Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etish uchun muhim qadam vazifasini o‘tab berdi, deb yozadi TASS.

Chusovitina chempionatning saralash bosqichida ko‘pkurash yo‘nalishida faqatgina 52-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi (finalga 24 gimnastikachi yo‘llanma oladi). Oksananing eng sevimli yo‘nalishi bo‘lgan tayanib sakrash bahslarida u 30-o‘rinni egalladi va bu yo‘nalishda ham finalga chiqa olmadi.

«Bu musobaqa yomon qatnashmadim deb hisoblayman. Asosiy vazifa bu yerda olimpiadadan oldingi haftalik musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish ediyu Natijada men o‘zimning azaliy orzuim yettinchi marta Olimpiadada ishtirok etish uchun muhim qadam tashladim», deya ta'kidladi Chusovitina.

Olimpiada oldi haftalik saralash bosqichi kelgusi yilning 16-24 aprel kunlari Rio- de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi. Bu yerda erkaklar va ayollardan yana to‘rttadan jamoa olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, sportchilarning olimpiadadagi shaxsiy ko‘rsatkichlariga qarab ham qo‘shimcha saralash ochkolari beriladi.

Ma'lumot uchun, 41 yoshli Chusovitina - gimnastka tarixida 6ta olimpiadada qatnashgan yagona sportchi sanaladi. Ilk marta u Barselonada bo‘lib o‘tgan OO‘-1992 MDH jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqalarda oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish